O‘zbekistonda limon va yong‘oq hosildorligi oshiriladi

Obuna bo‘lish
Jahon bozorida yong‘oq va limon kabi mevalarga talab oshgani tufayli O‘zbekistonda ham ushbu mevalar sonini ko‘paytirish va hosildorligini oshirish borasida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Toshkent Davlat agrar universitetida «O‘zbekistonda resurstejamkor, ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llab limon, yong‘oq va yong‘oq mevali o‘simliklar ko‘chatlarini yetishtirish, plantatsiyalar barpo qilish: muammolar va yechimlar» mavzuyida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Jahon” axborot agentligi. 

Seminarda jahon bozorida yong‘oq va limon kabi mevalarga talab oshgani haqida va O‘zbekistonda ushbu mevalarning hosildorligini oshirish borasida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot olib borayotgani qayd etildi. Ushbu yo‘nalishda Agrar universitet olimlari O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti kabi muassasalar bilan hamkorlik qilmoqda.

Regionlararo o‘tkazilgan 13 yarmarka. Sverdlovsk - Sputnik O‘zbekiston
Agrar universiteti olimlari 2 kilogramm og‘irlikka teng limon navini yaratishdi

O‘zbekistonda Limon va yong‘oqdan tashqari bodomzorlar barpo qilish va parvarishlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari o‘tkazilib, ularning natijalari amaliyotga joriy etilmoqda. Xandon pistaning mahalliy nav va shakllari plantatsiya sharoitida o‘sish va rivojlanishi, mevaning sifat ko‘rsatkichlari va hosildorligi seleksion baholanib, lalmi hududlarda plantatsiyalar barpo etish choralari ko‘rilmoqda. O‘simlikshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra ilk bor yerong‘oq ekinidan yuqori va sifatli hosil yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirmoqda.

Ilmiy jamoamiz ko‘p yillardan buyon limonchilik sohasida izlanishlar olib bormoqda. Izlanishlarimiz mamlakatimiz iqlim sharoitiga mos bo‘lgan navlarni yaratish, agrotexnologiyalarni takomillashtirishga qaratilgan. Limon, yong‘oq va yong‘oq mevalilarning zararkunanda va kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida ekologik bezarar biologik kurash usullari takomillashtirilmoqda”, – deydi Toshkent davlat agrar universiteti rektori B.Sulaymonov.   

Seminarda kelgusida limon, yong‘oq, pista yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalarini rivojlantirish, keng plantatsiyalar barpo etish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash choralarini yanada kengaytirish borasida kelishib olindi. Tadbir doirasida fermer xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa egalari yetishtirgan mahsulotlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0