O‘zbekiston prezidenti "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish javobgarlikka sabab bo‘ladi

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat matni "Xalq so‘zi" gazetasida e’lon qilindi.

Qonun 2016-yil oktabrida Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan, Qonunchilik palatasi tomonidan noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil dekabrida ma’qullangan, deb xabar beradi RIA Novosti.

Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Deputatlar korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunning afzal tomonlarini sanab o‘tdilar

Shuningdek, ushbu normativ-huquqiy hujjat davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etiladi.

Hujjatda «korrupsiya», «korrupsiyaga oid huquqbuzarlik», «manfaatlar to‘qnashuvi» kabi asosiy tushunchalarga izoh berilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari keltirib o‘tilgan. Qonunga ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0