Xorazmda oddiy avtomobillar elektromobilga aylantirilyaptimi?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishElektromobil
Elektromobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy elektromobil to‘la zaradi bilan 100-120 km yo‘l bosadi. Uni quvvatlash uchun 3-4 soat vaqt talab qilinadi hamda 2-3 ming so‘mga tushadi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. So‘nggi kunlarda Telegram messenjerida Spark avtomobilini o‘zgartirib elektromobilga aylantirayotgan xorazmlik avtousta bilan suhbat tarqaldi. Carzone.uz sayti muxbiri buni aniqlashtirish uchun elektromobilsozlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkor bilan telefon orqali aloqa bog‘lab, ayrim savollarga oydinlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xorazmda ichki yonuv dvigatelli an’anaviy avtomobillardan elektromobillar tayyorlash amaliyoti sinovdan o‘tgan va hozir ayrim namunalar yo‘llarda harakatlanmoqda.

Andijon Mashinasozlar instituti talabalari ixtiro qilgan elektrokar - Sputnik O‘zbekiston
Andijonlik talabalar elektromobil yasadi

Xabarda aytilishicha, bu jarayonda avtomobilning ichki yonuv dvigateli olinib, o‘rniga elektromotor qo‘yiladi. Mashinani kislotali akkumulyatorlar harakatga keltiradi. Litiy-ionli akkumulyatorlardan foydalanish imkoniyati haqida berilgan savolga "narx bir oz qimmatlashishi mumkin", degan javob olindi.

Mahalliy elektromobil to‘la zaradi bilan 100-120 km yo‘l bosadi. Uni quvvatlash uchun 3-4 soat vaqt talab qilinadi hamda 2-3 ming so‘mga tushadi. Suhbatdoshning aytishicha, nafaqat Spark, balki boshqa rusumlarni, jumladan, VAZ avtomobillarini ham elektromobilga aylantirishning imkoni bor.

Xorazmlik tadbirkorlar ishni yo‘lga qo‘yib olgach, boshqa viloyatlarda ham o‘z markazlarini ochish rejasi bor.

Yangiliklar lentasi
0