TOShKENT, 4-maya — Sputnik. Andijon mashinasozlik instituti talabalari o‘zlari yasagan yangi elektrokarni sinovdan o‘tkazishdi, Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabari asosida.
Ushbu elektromobil Andijan mashinasozlik instituti talabalari tomonidan Yosh ixtirochilar yarmarkasida namoyish etish uchun yasalgan.
Elektromotor yordamida harakatga keladigan transport vositasining birinchi namunasiga “Qaldirg‘och” nomi berildi. Uning kuzovi temir karkasdan yasalgan kuzovi to‘rt g‘ildiragi, boshqaruv ruli va tormoz mexanizmlari bor.
Ijtimoiy tarmoq qatnashchilari ushbu fotosuratlarga ko‘plab izohlar berishdi. Ular orasida tanqidchilar bir talay bo‘lishiga qaramasdan, guruhning aksariyat a’zolari yosh ixtirochilarni qo‘llab quvvatlashdi.