Ekspert: Konvertatsiya o‘zi nima uchun kerak

© SputnikAzerbaydjanskiy manat
Azerbaydjanskiy manat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonda valyuta bozorini liberallashtirish borasida yangi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Erkin valyuta bozori, erkin konvertatsiya, xalqaro savdo munosabatlarida ishtirok etish nima uchun kerakligi haqida iqtisodchi, mustaqil ekspert Yuliy Yusupovning quyidagi mulohazalari bilan tanishamiz.

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. Milliy valyutani konvertatsiya qilish nima uchun kerak degan savolga ko‘pchilikning javobi aniq bo‘lsada, yana bir bor to‘xtalib o‘tamiz. Konvertatsiya juda keng ma’noli so‘z bo‘lgani uchun biz faqat iqtisodiyot subyektlarining kundalik moliya operatsiyalari bo‘yicha konvertatsiya masalasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz, Kommersant.uz maqolasi asosida. 

Birinchi qism. Buyuk savdo revolyutsiyasi

Erkin konvertatsiya, yoki mablag‘larning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga erkin oqib o‘tishi o‘zi nima uchun kerak?

Erkin konvertatsiya — avvalombor, xalqaro savdo munosabatlarining to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun kerak. Faaqat xalqaro savdo munosabatlarining a’zosi bo‘lgan millatlar xalqaro mehnat taqsimida ishtirok etib, undan kelib chiqadigan foyda va imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin. Qanday foyda va imtiyozlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

1 rasm. Umumjahon YaIMida eksport miqdori o‘sishi

2 rasm. Umumjahon YaIMi mlrd. dollar hisobida (2010 yil narxlarida)

Yuqoridagi grafiklarda ikki narsa yaqqol ko‘rinib turibdi: 1960-yildan 2014-yilgacha umumjahon YaIMi 11 trillion dollardan 75 trilliongacha o‘sgan. Shu bilan bir vaqtda umumjahon YaIMida eksporti hajmi 12% dan 30 %gacha ko‘tarilgan. Bu degani, dunyo mamalkatlari  orasida xalqaro savdo miqdori ham bir necha barobar  o‘sdi degani.

Xo‘sh bunga nima sabab  bo‘lgan?  Javob juda oddiy – barcha mamlakatlar mahsulot va xizmatlarning erkin savdosi uchun mavjud bo‘lgan to‘siqlarni sezilarli darajada kamaytirgani sabab bo‘lgan.

Qanday to‘siqlar bo‘lishi  mumkin?  

Texnik to‘siqlar – import mahsulotlarining texnik xarakteristikalari va sifatiga qo‘yiladigan to‘siqlar. Oldin bunday to‘siqlar juda talabchan bo‘lgan. Oxirgi bir necha yil davomida ko‘p mamalkatlar bunday talablarni umumlashtirgan va kamaytirgan.   

Cheklangan valyuta konvertatsiyasi – bunday himoya asbobi o‘tgan asrning 60-70 yillarida ko‘plab mamalkatlar tomonidan faol qo‘llanilgan, lekin keyinchalik bunday chora nafaqat xalqaro savdoga balkim o‘sha mamlkatlarning o‘ziga katta zarar keltirishi ma’lum bo‘lganidan keyin, deyarli barcha mamlakatlarda  bunday choralar bekor qilingan.

Yuqori bojxona va aksiz  to‘lovlari – bir necha yil oldin import qilinadigan mahsulotlar uchun bunday to‘lovlar juda yuqori bo‘lgan. Keyinchalik esa ular sezilarli darajada kamaygan. Buni quyidagi grafikdan ko‘rish mumkin.

Qizil rangda 1970-80 yillarda import hajmida bojxona soliqlari miqdori (foizi) ko‘rsatilgan. Ko‘k rangda esa 2013-14 yillardagi xuddi shunday ko‘rsatkich keltirilgan.

Ushbu grafik Jahon banki ma’lumotlari asosida tuzilgan. Undan yaqqol ko‘rinib turibdiki Oxirgi yillarda yaxshi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgan barcha mamlakatlar import soliqlarini keskin kamaytirgan, masalan Turkiya, Tailand, Chili, Koreya, Doimnikana va boshqalar.

Yevropa mamlakatlari grafikda yo‘q, chunki YeI tashkil qilinganidan keyin ular orasidagi bojxona soliqlari – 0 % ga tenglashtirilgan edi.

Hozirgi kunda bojxona soliqlari umumiy import hajmidan bor yo‘g‘i — 2-3 % ni tashkil qilmoqda, lekin vaziyat har doim ham bunday bo‘lmagan.  

1975

1985

1995

2005

2013

Ma’lumot to‘plangan mamlakatlar soni

41

46

82

97

90

Bojxona to‘lovlari import hajmining 5% dan kam bo‘lgan mamlakalar soni

13

21

37

66

71

Ma’lumot to‘plangan mamlakatlar soniga nisbatan, foizi.

32 %

46 %

45 %

68 %

79 %

Bojxona to‘lovlari import hajmining 10 % dan ko‘p bo‘lgan mamlakalar soni

13

12

24

9

6

Ma’lumot to‘plangan mamlakatlar soniga nisbatan, foizi. % 

32 %

26 %

29 %

9 %

6 %

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, umumjahon savdo revolyutsiyasi, bojxona  to‘lovlarini kamaytirish bilan yonma-yon borgan.

Xo‘sh blardan qanday xulosa chiqarish mumkin? Oxirni bir necha o‘n yil davomida savdo  munosabatlarining keskin o‘sishiga nimalarga sabab bo‘lgan? Nima uchun dunyoning barcha mamalkatlari himoyachilik siyosatidan (proteksionizm) voz kechgan?

Yuliy Yusupov - iqtisod eksperti - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: valyuta islohotlari – ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal qiladi

Javob juda oddiy: xalqaro savdoda ishtirok etish, ya’ni xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish milliy iqtisodga ulkan foyda keltiradi. Ishtirok etmaslik – ulkan zarar. Iqtisodchilar buni allaqachon tushungan. Ushbu nazariya iqtisodiyot faning otasi Adam Smit tomonidan 1776-yilda aytib o‘tilgan edi. Buni tushunish uchun odamzodga “bor-yo‘g‘i” 200-yilgina kerak bo‘ldi xolos. Hechdan ko‘ra kech yaxshi deganlaridek…

Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muhokamachilar “hamma narsani biladigan” yosh talabalardan tortib “hamma narsani aniq biladigan” katta iqtisodchilar ham ishtirok etdi.

Ayrimlar, konvertatsiya bo‘lmagan malakatlarning barchasi bugungi kunda o‘ta qoloq yashayotganini misol qilib keltirsa boshqalar konvertatsiyasi yo‘q mamlakatni komaga tushgan organizmga o‘xshatdi.

Maqola muallifining o‘zi esa konvertatsiya bo‘lmagan iqtisodni, toza havoga chiqmasdan, ya’ni "ko‘cha ko‘rmasdan" faqat uyda tarbiyalangan bolaga o‘xshatdi. Mustaqil hayotga o‘rganishi uchun, albatta, uni tezroq ko‘chaga chiqarish kerak. Birinchi bor ko‘chaga chiqarilganda, u "shok holatiga" tushib qolishi mumkin. Shuning uchun dastlab uning yonida biroz bo‘lib turish kerak, xolos.

Nima uchun xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish kerakligi va kuchli xalqaro raqobat sharoitida mamlakat iqtisodini qanday himoya qilish kerakligi haqida, muallifning keyingi maqolalarida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0