O‘zbekiston TIVda Tojikiston elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

© FacebookO‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi binosi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. 2017-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elschisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Somon Eyr aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Start berildi: Tojikiston samolyotlari O‘zbekistonga 20-fevraldan boshlab qatnaydi
"Suhbat davomida ikki tomon kun tartibining joriy masalalari, 2016-yilning 27-28-dekabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston Hukumatlararo komissiyasining 4-majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0