TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasi Dushanbedan Toshkentga yangi reys ochilgani haqida ma’lum qildi.
"Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar 20-fevraldan boshlab qayta tiklanadi. Dushanbedan taxminan soat 10-00da parvoz qilinib, uchish vaqti 45 daqiqani tashkil etadi. Toshkentdan esa soat 12-00da parvozga chiqilishi mumkin", — deyilgan "Somon Eyr" kompaniyasi rasmiy saytida.
Tojikiston aviatsiya tuzilmalari delegatsiyasi bo‘lgan birinchi reys parvozi O‘zbekiston poytaxtiga 10-fevral kuni amalga oshirilishi mumkin.
«Yangi reysning ochilishi va uning takroriyligi Tojikiston fuqarolariga ham, O‘zbekiston fuqarolariga ham har ikki mamlakatga bo‘lgan o‘z safarlarini ancha yengillashtiradi», — deb ta’kidlashmoqda aviakompaniyada.
Ma’lumot uchun, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar 1992-yilda, Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganidan so‘ng to‘xtatilgan edi.