Jahon banki: O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPaxta
Paxta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston keng miqyosdagi paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnatdan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirmoqda

TOShKENT, 3 fev — RIA Novosti. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlari ishtirokida o‘tkazilgan paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanishni monitoring qilish natijalari O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimida bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yilganini ko‘rsatdi, deyiladi Jahon banki saytidagi xabarda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Paxta teruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Paxta terimi davrida Mehnat vazirligiga 4 mingga yaqin murojaat tushdi

"Bolalar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi jamiyatning barcha qatlami: hukumat, o‘qituvchilar, mutaxassislar, fermerlar, ota-onalar va bolalarning o‘zlari tomonidan e’tirof etilmoqda. O‘zbekistonda bolalar mehnatidan foydalanishga chek qo‘yildi", — deyiladi XMTning 2016-yil kuzidagi paxta kampaniyasini monitoring qilish natijalari bo‘yicha hisobotida.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston keng miqyosdagi paxta yig‘im-terimi davrida majburiy mehnatdan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirmoqda.

Monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati va mamlakat kasaba uyushmalari federatsiyasi paxta terimi davrida vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha samarali faoliyatni yo‘lga qo‘ydi. Xususan, butun mamlakat bo‘yicha aholining mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari haqida xabar qilishiga imkon beruvchi call-markazlar tashkil etildi. Bundan tashqari, bolalar mehnati hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi borasida 800 dan ortiq banner o‘rnatildi, 400 ming plakat joylashtirildi, 100 ming broshura chop etildi, tele va radiokanallar jalb etildi hamda sms xabarlar tarqatildi.

Paxta terimi - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanish taqiqlangani haqida eslatdi

"Bolalar mehnatidan foydalanish amaliyotiga chek qo‘yilganiga qaramasdan, Butunjahon banki va XMTga mamlakatda bolalar mehnatidan foydalanish, ayniqsa 16-17 yoshli o‘quvchilar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi borasidagi chora-tadbirlarni kuzatib borishi tavsiya etiladi", — deyiladi xabarda.
XMT hisobotida ayrim toifadagilar, jumladan talabalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari va davlat tashkilotlari xodimlari mehnatidan majburiy foydalanish ehtimoli borligi bildiriladi. "O‘zbekiston Respublikasi hukumati bunday ehtimollar majudligini e’tirof etadi", — deyiladi xabarda.

2008 yil aprelda O‘zbekiston bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Shu bilan birga, ayrim nodavlat tashkilotlarining fikricha, qishloq xo‘jaligi sohasida bolalar mehnatidan foydalanish holatlari qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0