Paxta terimi davrida Mehnat vazirligiga 4 mingga yaqin murojaat tushdi

© AFP 2023Paxta teruvchilar
Paxta teruvchilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari ijrosini bajarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Paxta yig‘im-terimi davrida (2016 yil 19-sentabrdan 31-oktabrgacha 2016 goda) vazirlikka mehnatga haq to‘lash tizimi, mukofotlash, paxta terimida ilg‘orlarga mukofot berish, mehnat qonunchiligi, mehnat sharoiti bo‘yicha maslahatlar olish hamda terimchilar yollash bo‘yicha 3919ta murojaat tushgan, deb xabar qilindi O‘zbekiston Mehnat vazirligi matbuot xizmati tomonidan.

"Vazirlik mehnat-huquqiy inspeksiyasi «Ishonch telefoni» orqali kelib tushgan 30 shikoyatdan 10 tasi bo‘yicha choralar ko‘rildi, 7 murojaat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi, 13 holat bo‘yicha qonun buzilishi tasdiqlanmadi", — deyiladi xabarda.

Paxta yig‘im-terimi kampaniyasi davomida xodimlar va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni paxta terishga majburlagani uchun umumta’lim maktablarining 3, kasb-hunar kollejining 2 direktori, fermer xo‘jaligining 2 raisi va bir poliklinika bosh shifokori ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ularga jami 4,7 million so‘m jarima qo‘llandi.

O‘zbekistonda paxta terishga majburlash holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida paxta yig‘im-terimiga ixtiyoriy jalb etilishi bildirilgan 500 dan ortiq banner o‘rnatildi. Jamoatchilik joylariga 386 banner ilindi. Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda bolalar mehnati hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi tushuntirilgan, Mehnat vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi «Ishonch telefonlari» ko‘rsatilgan 44,5 ming plakat joylashtirildi. Ish beruvchi va fermerlar o‘rtasida mehnatga majburlash hamda bolalar mehnatidan foydalangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqidagi 100 ming flayer tarqatildi.

XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari ijrosini bajarish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi. Buni Yevroparlament tomonidan O‘zbekiston va Yevroittifoq o‘rtasidagi "Tekstil protokoli"ning ratifikatsiya qilinganligi ham tasdiqlaydi. Mazkur protokol respublikada ishlab chiqarilgan tekstil mahsulotlari eksportining geografiyasi va hajmini kengaytirishga imkon beradi.

Yangiliklar lentasi
0