TOShKENT, 3-fevral — Sputnik. Bugun soat 9:37da Toshkentda kuchsiz zilzila sezildi.
Poytaxt seysmostansiyasi xabar qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yer osti silkinishlarining kuchi 2 balga yaqinroqni tashkil etgan.
Olmaliqda (Toshkent viloyati) uning kuchi 2-3 balni tashkil etgan. Ayni paytda boshqa shaharlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilingani yo‘q.
Zilzila o‘chog‘i poytaxtdan 170 km janubi-sharqda, Tojikiston hududida joylashgan. Episentrda magnituda 4,9 balni tashkil etgan.
"Toshkent" markaziy seysmostansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yil 2-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.35 da Jizzax shahrida 2 ball, Samarqand shahrida 2 balli yer silkinishi qayd qilingandi.