Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi bilan tanishdi

Obuna bo‘lish
Prezident qurilishning borishi bilan tanishib, quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbari poytaxtning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishgan joyda qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich bilan tanishdi.

Amu-Buxoro ko‘prigi - Sputnik O‘zbekiston
"Amu-Buxoro" kanali ustidagi yangi ko‘prik Navro‘zda ochiladi

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo‘lgan 6 polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu yerda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda. Yog‘in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Prezident qurilishning borishi bilan tanishib, quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Ko‘prik Navro‘z bayrami arafasida ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0