Bishkekda Islom Karimovni xotirlash kechasi o‘tkazildi

© Sputnik / Ilyasov / Mediabankka o‘tishIslom Abdug‘aniyevich Karimov
Islom Abdug‘aniyevich Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marosimda yig‘ilganlar O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati to‘g‘risida fikr bildirdilar

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Qirg‘iziston xalq Assambleyasida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovni xotirlash kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Jokorgu Kenesh, milliy va madaniy markazlar, diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Marosimda yig‘ilganlar O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati to‘g‘risida fikr bildirdilar, uning o‘zbek xalqi farovonligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari haqidagi xotira va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar, deb xabar beradi "Jahon" AA.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov asarini mobil ilovada o‘qish mumkin

"Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida abadiy do‘stlik haqidagi davlatlararo shartnomani imzolash borasida Islom Karimov ko‘rsatgan tashabbusni qayd etib o‘tish joiz", — dedi Qirg‘iziston xalq Assambleyasi raisi T.Mamitov.

Kecha ishtirokchilari Islom Karimovning milliy mustaqillikni mustahkamlash, O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etdilar.

"O‘zbekiston rahbari avvalo o‘z mamlakati va butun mintaqada xavfsizlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgandi. U Markaziy Osiyo davlatlari oldida turgan har qanday tahdidlarning oldini olishni o‘z burchi deb bilardi. Men O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash borasidagi ishlarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun Islom Karimovdan minnatdorman", — deya fikr bildirdi Qirg‘izston sobiq bosh vaziri A.Muraliyev.

Islom Karimov xotirasi har bir qirg‘izistonlik qalbida qoladi.

Yangiliklar lentasi
0