TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Islom Karimovning "Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch" asarini endilikda mobil ilovada o‘qish mumkin, deb xabar qilgan «UzInfocom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Birinchi prezidenti asari yuklangan mobil ilova UZINFICOM markazi xodimi Davron Fayziyev tomonidan ishlab chiqilgan.
Ilova hozircha faqat o‘zbek tilida taqdim qilingan.