Xitoyda 31 barmoqli bolakay tug‘ildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishChaqaloq
Chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning Xunan provinsiyasida qo‘llarida 15ta, oyoqlarida esa 16ta barmoqlarga ega bolakay dunyoga keldi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Bolakayning har bir qo‘lida ikkitadan kafti bo‘lib, bosh barmoqlari esa mavjud emas, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Bolakayning ota-onasi jarrohlik uchun 30 ming dollar to‘plashga harakat qilishmoqda. Internet orqali ular 6 ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldilar. Zarur mablag‘ to‘plangach, shifokorlar bolakayga bosh barmoqlarni yaratishi kerak. Bosh barmoqlarsiz kishi predmetlarni tuta olmaydi.
Xuddi shunday anomaliyalar bilan tug‘ilgan mashhurlar qatorida Opra Uinfri va Xolli Berrini sanab o‘tish mumkin. "Rekord" natija esa hindistonlik Akshat Saksenaga tegishli, u umumiy hisobda 34ta barmoqqa ega — yettitadan qo‘lida va o‘ntadan oyoqlarida.

Yangiliklar lentasi
0