O‘zbekistonliklar Turkiyaning eng yaxshi shifokorlari xizmatlaridan foydalanishlari mumkin

Obuna bo‘lish
Toshkentda Turkiyaning ACIBADEM xalqaro klinikasi konsultativ markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston aholisi jahonga mashhur ekspertlarning tibbiy xizmatlaridan foydalanish yoki masofaviy konsultatsiya olish imkoniga ega bo‘ldi

TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Hozirda ACIBADEM tarkibida dunyoning besh davlatida (Turkiya, Bolgariya, Gollandiya, Makedoniya, Iroq) 21 zamonaviy keng tarmoqli klinika va 17 ambulatoriya shifoxonalari mavjud. Har yili 3,5 millionga yaqin bemor (ularning asosiy qismini xorijliklar tashkil qiladi) mazkur klinikalarga murojaat qiladi.

ACIBADEM klinikalarining barcha tarmoqlari yangi tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlangan bo‘lib, yuqori xalqaro standart asosida ishlaydi. Professional shifokorlar jamoasidan tashkil topgan klinika xodimlari barcha tibbiyot yo‘nalishlari, jumladan, onkologiya, neyrojarrohlik, ortopediya, kardiologiya, ginekologiya va boshqa sohalardagi kasalliklarga aniq tashxis qo‘yish va davolash bilan shug‘ullanadi, deb yozadi nuz.uz.

Xirurgi provodat operatsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda Rossiya tibbiyot markazlari filiallari ochiladi

"Bemorlar klinika shifokorlari bilan onlayn muloqot qilib, o‘z kasallik varaqasi va boshqa analizlarni yuborishi mumkin. Ularni ko‘zdan kechirgach, shifokorlar davolanish bo‘yicha o‘z xulosa va maslahatlarini taqdim etishadi.

Agarda zarur deb topilsa, markaz xodimlari bemorni Turkiyada statsionar davolash uchun jo‘natishga kerak bo‘ladigan barcha hujjatlarni tayyorlashga yordam beradi. Biroq biz avvalambor o‘zbekistonliklar o‘z yurtida davo topishini eng ustuvor vazifa, deb hisoblaymiz", — deydi Toshkentdagi ACIBADEM xalqaro klinikasi konsultativ markazi vakili.

Kelajakda malakali mutaxassislardan iborat bo‘lgan tibbiyot markazlari respublikaning boshqa viloyatlarida, jumladan, Xorazm, Nukusda ham ochilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0