O‘zbekiston aholisi 32 milliondan oshdi

Obuna bo‘lish
O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda aholi soni 32 mlndan oshdi. Nikoh tuzish va tug‘ilish holatlari kamayishi, nikohdan ajralish holatlari o‘sishi qayd etildi.

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. 2017 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston aholisi 32 121, 1 ming kishini tashkil qildi, deb xabar qilmoqda davlat statistika qo‘mitasi.   

O‘tgan 2016-yil davomida O‘zbekiston aholisining soni 545,8 ming kishiga, ya’ni 1,7% ga o‘sgan. Shu bilan bir vaqtda shahar aholisining ulushi 50,6% qishloq aholisining soni esa 49,4 %ni tashkil qildi.

Tug‘ilish. 2016 yilning yanvar — dekabrida 726,8 mingta bola tug‘ilib, tug‘ilish koefitsenti 22,8 promilleni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich undan oldingi yilga nisbatan 0,7 promillega kam. 2015-yilda tug‘ilish koefsenti 23,5 promilleni tashkil qilgan edi.

Respublika viloyatlari orasida tug‘ilish koefitsenti eng kam bo‘lgan hududlar: Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo, Buxoro, Toshkent, Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari bo‘ldi. Toshkent shahri va Navoiy viloyatida tug‘ilish koefitsenti o‘sdi.

O‘lim. 2016 yil davomida Respublikada 154,5 mingta o‘lim qayd etildi. Statistika ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu o‘limlarning 60 % — qon aylanish tizimi kasalliklaridan kelib chiqqan 9 % — o‘simtalar,  7 % — turli baxtsiz hodisalar, 6 % — ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, 5 – nafas olish yo‘llari kaslliklari, 2 % — yuqumli va parazitlar to‘fayli, 11,6 % — boshqa kasalliklar tufayli kelib chiqqan.

Nikoh va ajralishlar. 2016 yilda FHDYo tomonidan 275 mingta nikoh va 29,4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etildi. Respublikaning barcha viloyatlarida nikoh tuzish koefitsentlari pasayishi sezildi. Sezilarli darajada nikoh tuzish koeffitsentining pasayishi Qashqadaryo, Namangan, Andijon, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etilgan.

Shu bilan birga, nikohdan ajralish koeffitsentining o‘sishi Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida va ushbu koeffitsientning pasayishi Buxoro, Navoiy, Toshkent viloyatlarida va Toshkent shahrida kuzatildi.

Migratsiya. 2016-yilning yanvar-dekabr davrida respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 141,7 ming kishini, ko‘chib ketganlar soni esa 168,3 ming kishini tashkil etdi. Ko‘chib ketganlar yuqori darajasi Toshkent (5500 kishi), Samarqand (4400 kishi) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4600 kishi) qayd etildi.

 

Yangiliklar lentasi
0