Valyuta tushumining 75%i markazlashmagan eksportchi korxonalarning o‘zlarida qoladi

Obuna bo‘lish
Endilikda markazlashmagan eksportni amalga oshiruvchi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tushumning 50%ini emas, balki 25%ini sotishga majbur

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra xo‘jalik subyektlari tomonidan xorijiy valyutadagi tushumning majburiy sotilishi tartibiga o‘zgarish kiritildi.

Endilikda markazlashmagan eksportni amalga oshiruvchi korxonalar vakolatli banklarga xorijiy valyutadagi tushumning 50%ini emas, balki 25%ini sotishga majbur.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati o‘zgardi

Biroq 16 turdagi mahsulot va xizmatlar bundan mustasno bo‘lib, ularga nisbatan ilgarigi qoida amal qiladi. Bu ro‘yxatga bug‘doy, oltingugurt, tabiiy gaz va neft-gaz sohasining boshqa mahsulotlari (jumladan, tranzit), uran, polietilen, polipropilen, qora metall, mis va rux, vodorod, inert gazlar va boshqa nometallar, qimmatbaho bo‘lmagan metallar, metallokeramika, aviatransport xizmatlari, temiryo‘l transporti, telekommunikatsiya va bank xizmatlari kiradi.

Mazkur o‘zgarish eksport jo‘natmalari hajmi va nomenklaturasini kengaytirish, korxonalarning raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishini rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ilgariroq valyuta tushumini majburiy sotishdan tayyor mahsulotni eksport qiluvchi to‘qimachilik korxonalari va o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hamda xizmatlarni eksport qiluvchi kichik biznes subyektlari ozod qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0