O‘zbekistonda xorijiy valyutadan foydalanish muddati o‘zgardi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vakolatli banklar tomonidan sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddati 7 ish kunidan 15 ish kunigacha uzaytirildi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20-dekabr kuni tegishli Farmonga imzo chekdi. Bu haqda Lex.uz portalida ma’lum qilinmoqda.

Hujjatga ko‘ra, mijozlarning talabnomalari bo‘yicha vakolatli banklar tomonidan sotib olingan xorijiy valyutadan foydalanish muddati 7 ish kunidan 15 ish kunigacha uzaytirildi, shundan keyin u so‘zsiz qayta sotilishi kerak.

Xuddi shunday o‘zgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va “Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi (10.07.2001 yildagi 294-son VMQ bilan tasdiqlangan) Nizomga ham kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0