TOShKENT, 2 fev — Sputnik, Dmitriy Zlodorev. AQSh sobiq Davlat kotibi, 2016-yilda prezidentlik kursisiga da’vogarlik qilgan demokrat Xillari Klinton o‘zining yangi kitobida saylovoldi kampaniyasi haqida so‘zlamoqchi, deb xabar qilgan RIA Novosti.
Klintonning essesi Simon & Schuster nashriyoti tomonidan chop etiladi, deyiladi xabarda. Kitob qanday nomlanishi va uning taqdimoti sanasi hozircha ma’lum qilinmayapti.
"Ushbu kitobda yaqinda bo‘lib o‘tgan, ehtimol, muallif uchun eng murakkab bo‘lgan davr — ya’ni uning prezidentlik saylovlaridagi barchani shok holatiga solgan mag‘lubiyati haqida hikoya qilinadi", — deyilgan materialda.
"Bu — mening yuragim tubidagi so‘zlardir. Menga yaxshi davrlarda xursandchilik baxsh etgan, ahmoqona vaqtlarda qah-qah urishga kuch bag‘ishlagan va barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam bergan narsa haqida", — degan bu borada Klintonning o‘zi. Xillari esse o‘quvchilar uchun foydali bo‘lishiga umid bildirdi.