TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Sherali Jo‘rayevni "o‘ldi"ga chiqarishdi, deb xabar qilgan "Qalampir" nashri.
"Xususan, Telegram mesenjerida xonandaning o‘g‘li Shohjahon Jo‘rayevning noma’lum shaxs bilan yozishmasi aks etgan surat paydo bo‘ldi. Unda Shoxjahon Jo‘rayev nomiga ochilgan sahifa tomonidan Sherali Jo‘rayevning vafot etgani, ammo bu haqda hali xalqqa oshkor qilinmagani yoziladi", — deyiladi xabarda.
Nashr ushbu mudhish xabarning yolg‘on ekaniga umid qilib, Sherali Jo‘rayevning ijodiy jamoasi bilan bog‘langan.
"Bu mish-mish. Hofiz salomatlar. Halqimizdan turli yolg‘onlarga ishonmasliklarini so‘ragan bo‘lardik", deb aytgan Sherali Jo‘rayevning ma’muri.
Ma’lumot uchun, so‘nggi 1-yil ichida mashhur insonlarning o‘limi haqida bir necha bor yolg‘on ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
So‘nggi bor, taniqli so‘z ustasi Mirzabek Holmedovning yurak huruji tufayli vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Undan avval, Klara Jalilova, Murod Rajabov, Abduraim Abduvahobovning ham vafot etganlari haqida yolg‘on xabar tarqatilgan.