TOShKENT, 1 fev — Sputnik. “O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi AQSh kompaniyalarini Navoiy viloyatida joylashgan yonuvchi slanes qazilmalarini qayta ishlashda ishtirok etishga taklif qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Sangruntau"da joylashgan yonuvchi slaneslarni qayta ishlash loyihasi bo‘yicha loyihaga qiziqishi bor bo‘lgan amerika kompaniyalari taklif qilindi”, — dedi “O‘zbekneftegaz” milliy xoldingi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Saidov O‘zbekiston – AQSh savdo palatasi kengashida.
Saidov so‘zlariga qaraganda, Amerika kompaniyalari bu sohada yetakchi texnologiyalarga ega bo‘lgani tufayli ushbu taklif aynan ularga yuborilgan.
“O‘zbekneftegaz” ma’lumotiga ko‘ra, birinchi bosqichda yilliga 4 mln tonna slanesni qayta ishlashga mo‘ljallangan loyihaga 550 million dollar investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Keyinchalik korxona quvvatini ikki baravar oshirish uchun yana 350 million investitsiya kiritiladi.
2012 yilning oktabr oyida Sankt-Peterburgning "Institut Atomenergoproyekt" instituti “O‘zbekneftegaz” uchun "Sangruntau" konida slanesni qayta ishlash zavodi loyihasini chizib bergan edi.
Umumiy qiymati 600 millon dollar bo‘lgan loyiha tarkibida, har biri yiliga bir million tonna slanesni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan, sakkizta “UTT-3000” qurilmasi barpo etilishi ko‘zda tutilgan edi.
2013 yilning oxirida "O‘zbekneftegaz" ushbu texnologiya litsenziya egalari orasida tender e’lon qilgan edi. Lekin keyinroq konkurs bekor qilingan edi.