TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko Ukraina yetakchisi Petr Poroshenkoni xalq dushmani, deb atagan. Bu haqda RIA Novosti xalqaro axborot agentligi xabar bergan.
"Mening xalqimga dushman bo‘lgan, mening ham dushmanimdir. Harakatlari xalq hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kishi ham menga — yot. Oddiy xalq biz kundan-kunga yomon yashayapmiz, deb aytapti. Ha, mening fikrimcha, u (Poroshenko. — tahr.) — xalq dushmani", — deb aytgan Savchenko "Novoe vremya" nashriga bergan intervyusida.
Savchenkoturli qonuniy, shu jumladan, siyosiy usullar bilan Ukraina prezidentiga qarshi kurashish niyati borligini ma’lum qilgan.
Ilgariroq Savchenko Ukrainada mamlakatning amaldagi hukumatiga maqbul bo‘lmaganlar yo‘q qilinayotgani haqida ma’lum qilgan edi.