TOShKENT, 2 fev – Sputnik. O‘tgan 2016-yil davomida O‘zbekistonda eksport faoliyatiga 877 ta yangi korxona jalb qilingan bo‘lib, mahalliy mahsulotlarni eksport qilish uchun yana 60 ta yangi bozor ochildi, kommersant.uz xabariga asosan.
Xususan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengi avtomobillar BAA, Livan, Iordaniya, Iroq, Gana, Senegal, Kot-d’Ivuar, Somali va Nigeriya kabi mamlakatlarga eksport qilina boshlandi. Buyuk Britaniyaga dvigatel va uning ehtiyot qismlari, Latviyaga – g‘ildirak disklari, Janubiy Koreyaga – avtogeneratorlar eksporti boshlangan.
Shuningdek, Turkmanistonga qishloq xo‘jalik texnikasi, Polshaga qattiq uglevodorodlar aralashmasi, Xitoy, Turkiya, Koreya, Latviya va Afg‘onistonga polietilen va polipropilen mahsulotlari, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, Moldova va Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Belorussiya, Ozarbayjon, Polsha va Koreyaga — teri mahsulotlari, Yaponiya va Xitoy vino xom ashyosi (vinomaterial), AQSh va Isroilga vino-aroq mahsulotlari eksport qilindi.