Noqonuniy taksichilardan 8 mln $ jarima undirildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishA taxi en Moscow
A taxi en Moscow - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2016-yilda noqonuniy taksichilar bilan jiddiy kurash olib borildi. Natijada minglar jarima protokollari tuzildi va noqonuniy ishlayotgan yuzlab korxonalar faoliyati to‘xtatildi.

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘tgan yil O‘zbekistonda noqoniy faoliyat yuritayotgan taksichilardan 26,6 milliard so‘m jarima undirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandlik "bombilalar" hech kimdan qo‘rqmasligini aytishadi - OAV

O‘zbekiston Transport vazirligi vakillari  YHXB xodimlari bilan birgalikda o‘tkazgan tekshiruvlari natijasida 21 721 ta bayonnoma tuzilgan va ular tegishli davlat organlariga yuborilgan. Undan tashqari 487 litsenziyalar muddati cheklangan, 150 litsenziya sud qaroriga asosan to‘xtatilgan va 23 tasi butunlay bekor qilingan.

Ko‘rilgan ushbu choralar natijasida, qonuniy taksichilik bilan shug‘ullanuvchilar soni keskin oshgan. Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishni istagan tashkilotlardan 3000 ta ariza  kelib tushgan. Berilgan litsenziya kartochkalari soni esa 200 mingdan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda noqonuniy taksichilik uchun jarima jismoniy shaxsalarga — 10dan 100 minimal ish haqigacha yetishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0