Sharmandali roliklarni O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
Bugun qo‘l telefonlari hammamizning doimiy hamrohimizga aylanganini inobatga oladigan bo‘lsak, mobil telefonlar orqali ham uning egasiga baho berish mumkin

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. O‘zbekistonga mobil telefonlar orqali behayo roliklarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qilindi Yutub videoxostingida namoyish etilgan ko‘rsatuvda.

O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov asarini mobil ilovada o‘qish mumkin
Bugun qo‘l telefonlari hammamizning doimiy hamrohimizga aylanganini inobatga oladigan bo‘lsak, mobil telefonlar orqali ham uning egasiga baho berish mumkin.

Aytaylik, qo‘l telefonida ezgulikka, ma’rifatga xizmat qiluvchi manbalarni saqlagan, vaqti-vaqti bilan ulardan foydalanib turgan kishining ko‘nglida yaxshilik hokim desak, haqiqatga muvofiq keladi.

Aksincha, ayrimlarning mobil telefonlarim- ahloqsizlik, besharmlik buzg‘unchilik, fitna va fasodning uyasiga aylanib qolgan-ki, bu esa ularning ko‘nglidagi qora dog‘lardan dalolat berib turadi.

Ko‘rsatuvda aynan shunday dog‘lar haqida so‘z boradi.

Smartfon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari 67,8 mingdan ortiq behayo materiallarning olib kirilishiga chek qo‘yishdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi Farmoniga muvofiq, diniy va milliy nizolarga sabab bo‘luvchi, shuningdek, axloqsizlikni targ‘ib etuvchi materiallarni O‘zbekistonga olib kirish ta’qiqlangan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, pornografik, shuningdek zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin yana sodir etilsa, u holda aybdor shaxslar Jinoyat kodeksiga muvofiq, eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Quyida shunday holatlar bo‘yicha qo‘lga olinganlar to‘g‘risida tayyorlangan ko‘rsatuvni e’tiboringizga havola qilamiz.

Yangiliklar lentasi
0