TOShKENT, 18 noya – Sputnik. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining o‘tgan yili olgan sof daromadi 10,7 mlrd so‘mdan ortiq bo‘ldi, deb xabar berdi nuz.uz.
Kompaniya xabariga ko‘ra, ishlab topilgan daromadning 5%i (538, 9 mln so‘m) zaxira fondini shakllantirishga yo‘naltirildi, 40,4%i (4, 3 mlrd. so‘mdan ortiq) – oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lashga (bitta aksiya uchun dividend 1 so‘m 3 tiyinni tashkil etdi) va 54,6%i (5,8 mlrd so‘mdan ortiq) – kredit xizmatlari, xususan, investitsion loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilingan asosiy qarzni, foiz va komissiyalarni to‘lashga sarflandi.
Jismoniy shaxslar uchun dividend to‘lash mablag‘ni ularning plastik kartochkalariga, yuridik shaxslarga esa ularning hisob raqamiga o‘tkazish orqali to‘lanadi, deyiladi xabarda.
"O‘zbekneftgaz" MXK 1992-yildan buyon yagona neftgaz kompaniyasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Vertikal integratsiyalashgan uch darajali xolding kompaniyasi respublikadagi 200dan ortiq neftgaz sohasidagi korxonalarni birlashtiradi. Kompaniya tarkibida 120 mingga yaqin kishi mehnat qiladi.