O‘zbekiston marshrutkalar ishlab-chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishTaksi marshrutlari
Taksi marshrutlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati taksi marshrutlari uchun zamonaviy minibaslarni ishlab chiqarish loyihasini ko‘rib chiqmoqda

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Minibaslar ishlab chiqaruvchi zavod Samarqandda, xorijiy ishlab-chiqaruvchi hamkorligida ishga tushirilishi mumkin, deb xabar qilgan Sputnik O‘zbekiston muxbiriga "O‘zavtoprom"dagi manba.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandlik "bombilalar" hech kimdan qo‘rqmasligini aytishadi - OAV
Ayni damda, O‘zbekiston tomon ushbu yo‘nalishdagi qator xorijiy kompaniyalar imkoniyatlarini o‘ganmoqda.

"Hozirgi vaqtda xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Minibaslarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha 2018-yilga kelib ishga tushirilishi mumkin. Bu bizga shaharga yaqin va regional yo‘nalishlardagi taksi haydovchilarini sifatli texnika bilan ta’minlash imkonini beradi. Asosan 11- va 18-o‘rinli minibaslarni ishlab chiqarmoqchimiz, shuningdek, ularda tikka turib ketuvchi yo‘lovilar uchun ham joy ajratish belgilangan", — deya ta’kidlagan manba.

Samarqandda yaqin to‘rt yil ichida 300ga yaqin yangi taksi yo‘nalishlari ochilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0