Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikdagi ilk kitobi nashr etildi

© Podrobno.UZShavkat MIrziyoyev kitobi
Shavkat MIrziyoyev kitobi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu risolada O‘zbekistonning 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga atroflicha baho berilgan

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak" nomli kitobi chop etildi, deb xabar bermoqda "Qalampir" sayti. Mazkur risola "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisida ishtirok etib, nutq so‘zlagan edi. Kitobdan ushbu yig‘ilishdagi ma’ruza o‘rin olgan.

Saylovlardan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonni 2021-yilgacha rivojlantirish rejasi loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yildi

Xabarda aytilishicha, ushbu risolada O‘zbekistonning 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlariga atroflicha baho berilgan. Ayni vaqtda iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ochiq va xolis tanqid qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Turli sohalardagi mavjud ulkan imkoniyat va zaxiralarni to‘liq va samarali ishga solishga jiddiy e’tibor qaratilgan.

Ma’ruzada O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar, iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq muhim vazifalar batafsil ko‘rsatib berilgan.

Ayniqsa, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, jumladan, shahar va qishloqlarda arzon va qulay uy-joylar qurish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar ham kitobdan alohida o‘rin egallagan.

Yangiliklar lentasi
0