O‘zbekistonni 2021-yilgacha rivojlantirish rejasi loyihasi xalq muhokamasiga qo‘yildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishSaylovlardan keyingi holat
Saylovlardan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi rivojlantirish rejasi bo‘yicha O‘zbekiston yaqin besh yil ichida yashash uchun eng qulay mamlakatga aylantiriladi

TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portalida O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni loyihasi e’lon qilindi. Hujjatda 2017-2021 yillar oralig‘ida O‘zbekistonni rivojlantirish rejasi haqida so‘z boradi.  O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Xalq rozi bo‘lsa, ishimizda unum va baraka bo‘ladi
O‘zbekistonni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish tamoyillari orasida OAV rolini kuchaytirish; sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash; tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish; ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, jahon hamjamiyatida mamlakatning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish nazarda tutilgan.

Portalda aytilishicha, O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda O‘zbekistonda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqqan, har bir yil bo‘yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda, amalga oshiriladi.

Davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan axborot maxsus tuzilgan komissiyalar tomonidan har oy yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga taqdim etib boriladi.

Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari zimmasiga yuklangan.

Yangiliklar lentasi
0