Rossiyada barcha uchun cheksiz internet yaratish imkoniyati o‘rganilmoqda

© TherunetTalabalar
Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Cheksiz internet yaratish, avvalombor, "Raqamli iqtisod" dasturining asosi bo‘lgan Elektron hukumat xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun kerak.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Rossiyaning barcha fuqarolari uchun internetdan cheksiz foydalanish imkonini yaratish kerak deb hisoblaydi bir guruh Rossiya Hukumati ekspertlari. Ularning fikriga ko‘ra internetdan cheksiz foydalanish imkoniyati “Raqamli iqtisod” dasturini amalga oshirishi uchun kerak.

“Raqamli infraqurilmani rivojlantirish masalasida, birinchi navbatda barcha fuqarolar uchun internetdan cheksiz foydalanish imkoni yaratish kerak”, — deyilgan Ochiq hukumat xabarida.

Rossiya Hukumatining ekspertlar kengashi “Raqamli iqtisod” tashkil qilish loyihasi doirasida katta miqdordagi axborot (big data) bilan ishlash, axborotni ishonchli himoyalash, sun’iy intellekt asosida xizmatlar yaratish, foydalanuvchilar va texnik jihozlarni identifikatsiya qilish kabi xizmatlar yaratishni nazarda tutgan.

Rossiyada internet ustidan nazorat o‘rnatiladi

Yangi iqtisod tarkibida bo‘lgan asosiy tizimlaridan biri — “Elektron hukumat” tizimi bo‘ladi. Elektron hukumat tizimi mijozlarga eng qulay tartibda xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi. Undan tashqari ushbu tizim davlat organlari apparatini qisqartirib, ularining o‘zaro aloqasini yaxshiydi. Asosiysi ushbu yangiliklar hukumat xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi.

Uyali aloqa operatorlar barcha uchun cheksiz internet  yaratish taklifni qo‘llab-quvvatlamayapti. Biroz oldin, "Bilayn" rahbari Shell Morten Yonsen Rossiyadagi barcha uyali aloqa operatorlari, sekin-asta cheksiz internet kiritilgan  tariflarini bekor qila boshlaydi degan edi. Yonsenning fikriga ko‘ra, bunday choralar abonentlarni biroz “tarbiyalash” uchun kerak. Chunki cheksiz internet tarifiga ega bo‘lgan mijozlar internet traffikdan ko‘p foydalanib, 3G va 4G uyali aloqa tarmoqlarining bandligiga olib kelmoqda. Bunday ketaversa, tez orada 4G tarmog‘ining imkoniyatlari ham yetmay qoladi.

 

Yangiliklar lentasi
0