TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya internet traffigi ustidan davlat nazorati o‘rnatadi. Buning uchun Rossiyada joylashgan IP-adreslarning davlat reyestri tuziladi va internet-traffigida avtomatik ravishda IP-adreslar tekishirish imkonini beradi, deb xabar bermoqda RIA novosti “Vedomosti” gazetasiga asosan.
Yangi qonunga binoan, barcha chet el bilan bog‘lanuvchi aloqa kanallari nazorat ostida bo‘ladi. Aloqa vazirligi mobil aloqa operatorlaridan faqat davlat reyestriga kiritilgan aloqa kanallaridan foydalanishni talab qiladi.
Hozir amal qilayotgan “Aloqa haqida”, “Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish haqida” qonunlarga kerakli o‘zgarishlar kiritiladi. Ushbu o‘zgarishlar haqida barcha yirik internet-kompaniyalari va aloqa operatorlari xabardor bo‘lgan.
“Vedomosti” gazetasi xabariga ko‘ra, “ushbu hujjat prezident 2014-yil kuzida prezident Vladimir Putinning Xavfsizlik Kengashidan keyingi buyrug‘ini amalga oshirib, Rossiya internetining barqaror ishlashi va kerak bo‘lganda uning avtonom ishlashi, Favqulodda holatlarda uning chet el internetidan uzib qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.”
Ushbu qonunni amalga oshirish aynan qaysi tashkilot zimmasiga yuklanishi hali aniq emas, lekin aksariyat operatorlar fikriga ko‘ra, “Rossiya yagona tarmog‘i” tashkil qiluvchisi bu “Rostelekom” bo‘lishi ehtimoli katta.