TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Endi yo‘lovchilar bojxona deklaratsiyasini onlayn to‘ldirishlari mumkin, deb xabar qilingan my.gov.uz saytida.
Xabarda aytilishicha, xizmat O‘zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar uchun taqdim etiladi.
Yagona portal orqali elektron ariza yuborish jarayonida, hujjatlar taqdim etish talab qilinmaydi. Xizmat arizachilar murojaatlarining elektron navbat rejimi asosida taqdim etiladi.
Arizachi olingan shaklni identifikatsion kod bilan birgalikda A-5 formatidagi qog‘ozga printerdan chiqaradi. Bojxona postida ro‘yxatdan o‘tayotganida bojxona xizmati xodimlariga identifikatsion kod bilan birgalikda qog‘ozga chiqarilgan deklaratsiyani taqdim etadi.
Xizmat bepul ko‘rsatiladi.