TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida OChL-2017 o‘tish bosqichi doirasidagi "Nasaf" — "Al Hidd" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshining "Nasaf" jamoasi Bahraynning "Al-Hidd" klubi bilan kuch sinashdi.
Shahboz Erkinov, Igor Golban, Doniyor Narzullayev va Dragan Cheranlarning urgan gollari evaziga "Nasaf" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Pley-off bosqichida Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari safarda Saudiya Arabistonining "Al-Fotih" klubiga qarshi bahs yuritadi.
Uchrashuvdan bir kun oldin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mehmonlar murabbiyi O‘zbekistonga faqat g‘alaba uchun kelishgani va "Nasaf"ni yutish ular uchun hech qanday sensatsiya bo‘lmasligini bildirgandi.