TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Osiyo Chempionlar Ligasi-2017 turniri o‘tish bosqichida "Nasaf" jamoasiga qarshi to‘p suradigan Bahraynning "Al-Hidd" klubi Toshkentga yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasining Twitterdagi rasmiy sahifasida xabar qilingan.
Bo‘lajak o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin oson bo‘lmasligini, darvozabon Eldor Suyunov jarohati bois ertangi o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
"Al-Hidd" bosh murabbiyi Muhammad Al-Shamlan esa "Nasaf" o‘yinlarini tahlil qilishganini, raqibni hurmat qilishlarini, ammo o‘z kuchlariga ishonishlarini bildirdi.
"Bizda maqsad bor va keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz. "Nasaf"ni yutish biz uchun sensatsiya bo‘lmaydi", — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" — "Al-Hidd" uchrashuvi ertaga, 31-yanvar kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida soat 16:00 da boshlanadi.
Uchrashuvni Shri-lankalik hakamlar brigadasi boshqaradi.