Nogironlikni tasdiqlatish uchun har yili TMEKdan o‘tish muammosi hal qilinadi

© Sputnik / Artem Markin / Mediabankka o‘tishImkoniyati cheklangan shaxs
Imkoniyati cheklangan shaxs - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda I, II va III guruh nogironlari o‘z guruhlarini tasdiqlash uchun har yili TMEKdan o‘tishlari lozim

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Harakatlar strategiyasiga bag‘ishlangan media-haftalik davomida mansabdorlar nogironlik guruhini tasdiqlash uchun har yili tibbiy komissiyadan o‘tishni tez orada bekor qilishga va’da berdilar, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini muhokama qilish jarayonida imkoniyati cheklangan kishilar muammosi ham o‘rtaga tashlandi.

Paralimpiyachi sportchilar murabbiyi Rashid Safariyev nogironlik guruhini tasdiqlash maqsadida har yili tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi ko‘rigidan o‘tishni bekor qilishni so‘radi.

"Mening qo‘l yoki oyog‘i yo‘q sportchilarim bor. Bu yigitlar komissiya ko‘rigidan o‘tish uchun yarim oy, hatto bir oy mashg‘ulotlardan qolishadi. Ular har yili bir to‘p qog‘oz bilan xonama-xona yurishadi va oyog‘i yoki qo‘li yo‘qligini isbotlashadi. Agar ular mazkur komissiyadan o‘tishmasa, ularga pensiya to‘lanmaydi. Hurmatli spikerlar, ushbu muammoga e’tibor qaratishingizni va uni hal qilish yo‘lini topishingizni iltimos qilaman", — dedi u.

Xorazmda nogironlar va homilador ayollarga bepul taksi xizmati ko‘rsatilmoqda

Spikerlar bu muammoni tan olishdi va tez orada uni yechishga va’da berishdi.

"Fikringizga to‘liq qo‘shilamiz, tanasining biror a’zosi yo‘q odam uning yo‘qligini har yili isbotlashi shart emas", — dedi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxanova.

Dastlab tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasidan har yili o‘tish insonning biror a’zosi o‘sib chiqqanini tekshirish uchun emas, imkoniyati cheklangan shaxs jamiyat hayotiga qanchalik moslashganini aniqlashni maqsad qilgandi, dedi Mehnat vazirligi eksperti Botir Alimuhammedov. U mazkur masala Moliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda ko‘rib chiqilishiga va’da berdi.

Mazkur masala qanday tarzda hal etilishiga spikerlar aniqlik kiritishmadi.

Hozirda I, II va III guruh nogironlari o‘z guruhlarini tasdiqlash uchun har yili TMEKdan o‘tishlari lozim. Komissiya xulosasisiz imkoniyati cheklangan kishilar nogironlik pensiyasini olisholmaydi.

Yangiliklar lentasi
0