TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Today nashri.
Tashrif davomida Mirziyoyev viloyatda qurilayotgan yangi farmatsevtika zavodi bilan tanishdi. Rejaga ko‘ra, qurilayotgan korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot 3,5 — 4 mln dollarlik import qilinayotgan dorilar o‘rnini bosishi kerak va 3,8 mln dollarlik dorilarni eksport qilishi kerak.
Yangi korxona "Imkoniyat Saxovat" MChJ va "MemGilan" chet el korxonasi yordamida tashkil qilinmoqda. Korxona — 4 mlrd so‘mi asoschilarning xususiy mablag‘i va 25 mlrd so‘mi Milliy bank krediti hisobiga yaratiladi.
Zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlangan ushbu zavod 2018-yilning 2 choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Zavod O‘zbekistonda eng ko‘p turdagi dori darmonlar ishlab chiqaruvchi va eng yirik farmatsevtika korxonalaridan biri bo‘ladi.
Umumiy hisobda korxona yiliga 33 turdan iborat 4 026 ming quti ampulali dori vositalari ishlab chiqaradi. Infuzion suyuqliklar (qon tomirga yuboriluvchi) ishlab chiqarilsh liniyasida yiliga 38 nomli 12 120 ming quti dori vostalari ishlab chiqariladi.
Tabletka va kapsulali dorilar ishlab chiqarish liniyasida yiliga 5 027 upavkovka dori vositalari ishlab chiqariladi. Ushbu dorilardan 10 xili ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dorilar va 45 xili import o‘rnini bosuvchi dorilar bo‘lishi kerak.