TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi farmakologiya soha korxonalari 2016-yilda 14,5 mln dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirigan, "O‘zfarmsanoat" konerni vakili Sputnik muxbiriga xabar berishiga ko‘ra.
O‘tgan yil soha eksporti hajmi 11,2 mln dollarni tashkil qildi. Eksport hajmini oshirish yangi dori turlarini ishlab chiqarish evaziga rejalashtirilgan. Dorilarning asosiy qismi mahalliy o‘simliklar asosida ishlab chiqarilmoqda.
“Biz hozir ishlab chiqarayotgan dorilar ro‘yxatida 230 xil inyeksiya suyuqliklari, 45 turdagi infuziya suyuqliklari, 75 xil antibiotiklar, 3 turdagi vaksina va zardoblar, 528 xil tabletka va kapsulalar, 307 xil maz va boshqa dorilar bor”, — dedi konsern vakili.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 7,7 ming dori ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan 1,7 mingi O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan va qolgan 6 mingi chet elda ishlab chiqariladigan dorilardir.
Ushbu yil O‘zbekistonda farmakologiya sohasida umiy qiymati 120 mln dollar bo‘lgan 19 yangi loyiha ishga tushadi. Xlqaro sifat sertifikatlari bosqichma-blsqich olinishi rejalashtirilgan.
Yangi dorilar ishlab chiqarishning zaruriy asoslaridan biri zamonaviy GMP xalqari sifat sertifikatlari kiritishdir. Buning evaziga o‘zbek farmokologiya mahsulotlariga dunyo bozorlariga osongina yo‘l ochiladi. Xozirgi kunda O‘zbekistonda GMP standartida ishlovchi 30 korxona ro‘yxatdan o‘tgan.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan faratsevtika mahsulotlarini MDH mamlakatlarida, Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va Hindiston bozorlarida uchratish mumkin.