O‘zbekiston Havo yo‘llari yangi qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

© Gennady MiskoSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘nalishlar orasida Pokiston, Hindiston va Xitoy bor. Ular 5-apreldan boshlanishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Bu yil O‘zbekiston Havo yo‘llari bir necha yangi parvozlar tashkil qilishni rejalashtirgan, deb xabar qildi aviakompaniya bosh direktori Valeriy Tan.

Ochiladigan yangi yo‘nalishlardan biri bu Toshkent – Lahor (Pokiston) bo‘lishi kerak. Uni ishga tushirish 5-aprelga mo‘ljallangan.

Shuningdek Xitoyning sanoat hududlariga yangi parvozlar tashkil qilish ham rejalashtirilgan. Parvozlar soni oshirish rejalashtirilayotgan yana bir yo‘nalish bu — Hinliston bo‘lmoqda.

Doimiy parvozlardan tashqari aviakompaniya bosh direktori charter parvozlar dasturi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bizda keng charter parvozlar dasturi rejalashtirilgan. Chunki, ma’lum yo‘nalishga doimiy parvoz yo‘lga qo‘yilgan taqdirda, yo‘lovchi bormi-yo‘qmi — aviakompaniya uchishga majbur. Shuning uchun charter parvozlari asosida ishlash samaraliroq. Bizning samolyotlar charter dasturlarini barcha kontinentlarga amalga oshirmoqda. Bu yil biz charter parvozlari uchun yanada ko‘proq samolyotlar ajratamiz”, — dedi Valeriy Tan.

Bugungi kunda aviakompaniya samolyotlari dunyoning 50dan ortiq shaharlariga  doimiy parvozlar tashkil qilgan. O‘zbekiston Havo yo‘llari Airbus A-320, Boeing —757/767/787, Il-114-100 kabi faqat zamonaviy samolyotlardan foydalanadi.

Yangiliklar lentasi
0