Xivada Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishBaliq
Baliq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xivadagi "Boltaboy oqsoqol" fermer xo‘jaligida Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan: odatda bir gektarlik havzadan o‘rtacha 15-20 sentner baliq olinadi. Vyetnam texnologiyasi samarasida bu ko‘rsatkich 400 sentnergacha yetadi

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga safari davomida Xiva tumanidagi "Boltaboy oqsoqol" fermer xo‘jaligida tashkil etiladigan baliqchilik kompleksi loyihasi bilan tanishdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Hozir mazkur xo‘jalikda 232 gektar havzada baliq yetishtirilmoqda. O‘tgan yili 490 tonna baliq yetkazib berilgan.

Shavkat Miriyoyev Usturt GKM ochilishi tadbirida - Sputnik O‘zbekiston
Tekshiruv davom etmoqda: Mirziyoyev navbatdagi safarini Xorazmga uyushtirdi
Fermer xo‘jaligida Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtirish va uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Vyetnam texnologiyasi uvildiriqlarni intensiv usulda yetishtirish va havzalarga yuqori tig‘izlikda o‘tkazishga ixtisoslashgan. Bunday usul baliqlarning omuxta yem sarfiga nisbatan rivojlanish sur’ati yuqoriligi, salbiy gidrokimoviy holatlar va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.

Odatda bir gektarlik havzadan o‘rtacha 15-20 sentner baliq olinadi. Vyetnam texnologiyasi samarasida bu ko‘rsatkich 400 sentnergacha yetadi.

Xabarga ko‘ra, ushbu istiqbolli loyihaga "Ipoteka-bank" kredit ajratgan. Korxonada yiliga 300 tonnadan ortiq mahsulot tayyorlash, 20 ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.

Yangiliklar lentasi
0