Xorazm Ma’mun akademiyasi sayyohlik yo‘nalishiga kiritiladi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishNajmiddin Kubro mavzoleyi
Najmiddin Kubro mavzoleyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Xorazmga safari davomida Ma’mun akademiyasida ilmiy yo‘nalishlarni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularni amaliyotga keng joriy qilish va olimlarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash zarurligini ta’kidladi

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar Xorazm viloyati xalqi turmush sharoiti bilan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga safar uyushtirdi, deb xabar bergan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Mirziyoyev o‘z safari davomida Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurgan.

Ushbu akademiya Birinchi Prezident Islom Karimovning 1997-yil 11-noyabrdagi farmoniga muvofiq qayta tashkil etilgan. 2006-yili YuNESKO shafeligida Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000-yilligi nishonlangan.

Bugungi kunda ilmiy muassasada 41 ilmiy xodim, jumladan, 7 fan doktori, 19 fan nomzodi faoliyat yuritmoqda.

Shavkat Miriyoyev Usturt GKM ochilishi tadbirida - Sputnik O‘zbekiston
Tekshiruv davom etmoqda: Mirziyoyev navbatdagi safarini Xorazmga uyushtirdi
Ular Xorazm davlatchilik tarixi, bu zamindan yetishib chiqqan olimlarning jahon fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi, Xorazm me’moriy yodgorliklarini biologik, fizik va boshqa salbiy ta’sirlardan himoya qilish, hududdagi ekologik holatni yaxshilash, yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, voha sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini iqlimlashtirish, sho‘rlanish va cho‘llanishning oldini olish kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda", — deyiladi xabarda.

Prezident akademiyada ilmiy yo‘nalishlarni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ularni amaliyotga keng joriy qilish, olimlarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash zarurligini ta’kidlagan.

Akademiya tomonidan arxeologiya yo‘nalishida erishilgan muvaffaqiyatlardan foydalanib, bu ilmiy muassasani sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish, o‘zbek xalqi tarixini chet ellik turistlarga targ‘ib qilish masalalariga e’tibor qaratgan.

Yangiliklar lentasi
0