Toshkentda shoshilinch ogohlantirish tizimi ishga tushiriladi

© Sputnik / Anton Beliskiy / Mediabankka o‘tishfavqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi
favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaz "112" yagona raqami orqali aholi murojaatlari qabul qilinishini ta’minlaydi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Toshkentda shahar favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazini qurish rejalashtirilmoqda. Hukumatning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirildi.

Markaz Toshkentdagi barcha navbatchi-dispetcherlik xizmatlarining yuqori organi hamda favqulodda vaziyatlarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiruvchi bo‘g‘ini bo‘ladi. Markaz "112" yagona raqami orqali aholi murojaatlari qabul qilinishini ta’minlaydi. Markaz tashkil etilishi barobarida hozirda mavjud bo‘lgan favqulodda xizmatlar raqamlari ham ishlashda davom etadi.

Qutqaruvchilar o‘quv-mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
FVV: Mustaqillik yillarida 100 ming aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi

Hujjatga ko‘ra, shu yilning 1-apreliga qadar favqulodda vaziyatlar vazirligi ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati va manfaatdor vazirlik hamda muassasalar bilan hamkorlikda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi nizomini ishlab chiqishi va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim.

Markazning boshlang‘ich loyihasi birinchi maygacha ishga tushirilishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda aholiga favqulodda vaziyatlarda ma’lumotlar taqdim etish uchun FM diapazonida alohida radiokanal tashkil etish masalasi hal qilinishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0