FVV: Mustaqillik yillarida 100 ming aholi xavfsiz joylarga ko‘chirildi

© Press-slujba MChC UzbekistanaQutqaruvchilar o‘quv-mashg‘uloti
Qutqaruvchilar o‘quv-mashg‘uloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mustaqillikning yillarida O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va fuqaro muhofazasi borasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Mustaqillikning yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy islohotlar qatorida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf qilish bo‘yicha ham ko‘plab ishlar qilindi, FV vaziri Tursinxan Xudaybergenov bayonoti asosida

Bugungi kunda butun yer yuzida kuzatilayotgan global iqlim o‘zgarishlari, insoniyatning tabiatga salbiy ta’siri oqibatida ko‘plab muammo va ofatlar yuzaga kelmoqda. Ular orsida beqaror epidemiologik vaziyatlar, suv toshqinlari,  turli xil ommaviy zaharlanish, neft va kimoviy mahsulotlar transporti halokati oqibatlari va boshqalar.

BMT bayonotiga ko‘ra oxirgi 20-yil ichida turli favqulodda vaziyatlar, tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 600 mingdan ziyod kishi qurbon bo‘lgan va 4 mlrddan ortiq kishi boshpanasiz qolgan.

© Press-slujba MChC UzbekistanaPress-slujba MChC Uzbekistana
Press-slujba MChC Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Press-slujba MChC Uzbekistana

O‘zbekistonda Mustaqillik yillarida fuqarolarni tabiiy va boshqa ofatlardan saqlash borasida ham ko‘plab samarali loyihalar amalga oshirildi. Bu borada dastlabki qadam – 1996-yilning 4-martida O‘zbekiston prezidenti qaroriga binoan Favqulodda Vaziyatlar vazirligining tashkil qilinishi bo‘lib, u ushbu soha rivojida yangi sahifani ochdi.

Ushbu davr mobaynida fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik takomillashtirildi, jumladan, “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida”gi kabi qator qonunlar amaliyotga tatbiq qilinib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek, qutqaruv xizmatlari hamda qutqaruvchilar faoliyatini tartibga soladigan zarur meyoriy-huquqiy baza shakllantirildi.

© Press-slujba MChC UzbekistanaSovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS

Soha mutaxassislarining moddiy-texnika ta’minoti butunlay yangilanib, ular eng ilg‘or qutqaruv uskunalari “Holmatro”, “Scubapro” kabi qutqaruv uskunalari, va maxsus transport vositalari bilan ta’minlandi. Foydalanilayotgan maxsus tezkor avariya-qutqaruv transportlarining qariyb 60 foizi Samarqand, Andijon va Xorazmda ishlab chiqarilgan “Isuzu”, “MAN”, “Damas” avtomobillaridan tashkil topgan.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz qutqaruv xizmati ham son, ham sifat jihatdan mustahkamlandi. Qutqaruvchilar safiga malakali sportchilar, dovurak, shijoatli yoshlar jalb qilindi. Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hisobiga Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi, Chirchiq shahrida maxsus qidiruv-qutqaruv qismi, "Qamchiq" dovoni qidiruv-qutaruv otradi tashkil qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi avariya-qutqaruv guruhlari kengaytirildi. Barcha bo‘linmadagi shart-sharoit yangilandi. Kinologiya, suvda qutqarish xizmatlari, respublika g‘avvoslar maktabi ochildi. Maxsus o‘quv minoralari va sport trenajorlari yaratildi.

© Press-slujba MChC UzbekistanaSovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS

Aholi o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar tasnifi, ana shunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish mavzularida doimiy o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinayotir. Oxirgi besh yilning o‘zida viloyatlarda 177 ta qo‘mondonlik-shtab, respublikamizdagi yirik iqtisodiyot obyektlarida 3 ming 200 dan ortiq maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Bundan tashqari, o‘tgan yillar mobaynida vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimliklar xodimlari bilan hamkorlikda respublikamizdagi suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqildi. Xavfli hududlardagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida, respublika bo‘yicha nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, ular zarur aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Shuning barobarida, yurtimiz hududidan oqib o‘tuvchi darolarning zaif qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari ham izchil olib borildi. Bunga Toshkent viloyati Ohangaron tumani, Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qoradaryo, Namangan viloyatidagi Sirdaryo hamda Norin darolarining, Surxondaryo viloyatining Termiz porti qirg‘oqlarida mustahkam himoya dambalari barpo qilinganini misol sifatida keltirish mumkin.

© Press-slujba MChC UzbekistanaPress-slujba MChC Uzbekistana
Press-slujba MChC Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Press-slujba MChC Uzbekistana

Yuqorida aytib o‘tilganidek, fuqaro muhofazasi tizimining rivojlanishi natijasida ko‘plab talofatlarning oldi olinib, yuzlab insonlarni xavf-xatardan asrashga erishilmoqda. Buning dalili sifatida 2012-yil 18-19 fevral kunlari Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida yuz bergan favqulodda vaziyatni yodga olaylik. O‘shanda ko‘p yog‘ingarchilik sababli qir-adirliklardagi qorlarning tez erishi oqibatida yuzaga kelgan sel oqimi Qorasaroy soyining toshishiga sabab bo‘lib, tumandagi Juma, Qorizquduq, Oqtosh va O‘rta qishloqlarining soy bo‘yida joylashgan aholi uy-joylari va ekin maydonlariga jiddiy zarar yetkazgan edi. Muhimi, o‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida odamlar hayoti saqlab qolindi.

2012 yildan beri favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini ko‘rish uchun hukumat tomonidan 130 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Mustaqillik yillari davomida sel, ko‘chki va boshqa xavflar mavjum bo‘lgan hududlardan 100 000 nafar aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilib, ularga zamonaviy xavfsiz uylar qurib berildi.

Ma’lumki, mamlakat iqtisodiy yuksalishini yo‘llarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘nalishdagi “Qamchiq” dovoni esa Buyuk ipak yo‘lining asosiy “qon tomir”laridan biri sanaladi. Mazkur dovon respublikamizni xorij mamlakatlari bilan bog‘labgina qolmay, muhim siyosiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatga ham egadir.

Dovonda qor ko‘chkilari, sel va o‘pirilib tushishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar xavfi doimiy mavjudligi tufayli vazirlik tomonidan fuqarolarga zarur ko‘mak berish maqsadida dovonning eng baland qismi (“Toshkent – O‘sh” yo‘lining 173 kilommetri)da «Qamchiq» qidiruv-qutqaruv otradi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

© Press-slujba MChC UzbekistanaSovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS - Sputnik O‘zbekiston
Sovmestnoe komandno-shtabnoe uchenie MChS

Bugungi kunda O‘zbekiston qutqaruvchilari o‘z burchlarini nafaqat mamlakat ichidagi favqulodda holatlarda, balkim global favqulodda-qutqaruv amaliyotlarida ham faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston qutqaruvchilari Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Eron va Xitoy hududlaridagi qutqaruv operatsiyalari va gumanitar yordam yetkizib berish ishlarida ham qatnashib kelmoqda. Muassasaning 500ga nafar xodimi erishgan ulkan yutuqlari va ko‘rsatgan xizmatlari uchun turli orden va medallar bilan taqdirlangan.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                          

Yangiliklar lentasi
0