TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Ushbu oyning 7-11 sanalarida Toshkent va Buxoda Turkmaniston Madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Madaniyat va Sport vazirligi matbuot xizmati.
Atageldi Shamuratov boshchiligidagi Turmaniston delegatsiyasi Buxoro tarixiy yodgorliklarini tomosha qilib O‘zbekiston Madaniyat va Sporti vazirining birinchi o‘rinbosari Fotih Jalolov bilan uchrashishdi.
Turkmaniston Madaniyati kunlarining rasmiy ochilish marosimi bugun kechqurun Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Katta akademik teatrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Marosim mehmonlarini ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar, konsertlar va kinotomoshalar kutmoqda.