O‘zbekiston oliygohlariga qabul kvotasi 18%ga oshiriladi

© UITTalabalar
Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi yillarda O‘zbekistonda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga belgilangan 57907 o‘rin qabul kvotasi o‘zgarmay kelmoqda

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Respublikani rivojlantirish strategiyasini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan media-haftalik chog‘ida Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev ana shunday bayonot berdi, deb xabar beradi "Darakchi".

Talabalar auditoriyada - Sputnik O‘zbekiston
Yangi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, kvota 18%ga oshiriladi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga belgilangan 57907 o‘rin qabul kvotasi o‘zgarmay kelmoqda. Oliy ta’lim olishni istovchilar soni esa muntazam oshib bormoqda. O‘tgan yili 663,2 ming abituriyent o‘quv yurtlariga hujjat topshirdi (2015 yilda — 605,8 ming). Shu tarzda, bir o‘ringa 11 abituriyent da’vogarlik qildi.

O‘zbekistonda ayni paytda 59ta oliy o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, respublikada xorijiy oliygohlarning sakkizta filiali faoliyat yuritadi va ular uchun qabul kvotasi alohida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0