Yangi o‘zbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi

© Sputnik / Alexander Kryazhev / Mediabankka o‘tishTalabalar auditoriyada
Talabalar auditoriyada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining 13-maydagi qarori asosida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2016/2017-o‘quv yili uchun 300 nafar talabani qabul qiladi.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 13-maydagi qarori asosida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2016/2017-o‘quv yili uchun 300 nafar talabani qabul qiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining yangi OTM faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida 13-may kuni e’lon qilingan hamda prezident tomonidan imzolangan qarorida ko‘rsatilgan.
Qarorga ko‘ra, bakalavriatga qabul qilinadigan jami talabalarning 150 nafari davlat granti asosida, 150 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari:
O‘zbek tili filologiyasi — 80 (40 — grant/40 — kontrakt);
O‘zbek tili va adabiyoti — 120 (60/60);
O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti — 100 (50/50).

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov. - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida farmon imzoladi
Yangi universitet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (TDPU) Yakkasaroy tumani, O‘qituvchi ko‘chasi 103-uy manzilidagi binolariga joylashtiriladi. Universitet qarshisida Alisher Navoiy haykali qad ko‘taradi. O‘z navbatida, TDPU Chilonzor tumanidagi 1-sonli Toshkent pedagogika kolleji binosiga ko‘chadi.
Eslatib o‘tamiz, yangi universitet O‘zbekiston Milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti, Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, shuningdek, Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti bazasida tashkil etildi.

Universitetga 2015-yilning iyunidan O‘zbekiston Milliy universiteti rahbari sifatida ishlab kelgan filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov rektor etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0