Markaziy bank korporativ plastik kartalar bo‘yicha cheklovlarni olib tashlaydi

Obuna bo‘lish
Korporativ plastik kartalar barcha tashkilot va muassasalar tomonidan hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Tadbirkorlik hamjamiyati istaklaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Markaziy banki Korporativ kartalar to‘g‘risidagi yangi Nizomni qabul qildi va uni Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yubordi. Bu haqda Markaziy bank pul muomalasi departamenti xodimi Faxriddin Boboyevga tayanib nuz.uz xabar bermoqda.

Bankomat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda naqd pul beruvchi bankomatlar o‘rnatiladi

Uning aytishicha, korporativ plastik kartalar barcha tashkilot va muassasalar tomonidan hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinadi. Boboyevning qayd etishicha, bunda faqat bitta cheklov kuchda qoladi — korporativ kartadan bankomatlar orqali naqd pul olib bo‘lmaydi.

Hozirda amaldagi Nizomda ba’zi cheklovlar mavjud, ya’ni yakka tadbirkorlar uy-joy kommunal sohasidagi tashkilotlar va ayrim davlat muassasalariga korporativ karta orqali to‘lovlarni amalga oshira olmaydilar.

Yangi Nizom Adliya vazirligida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgach, qonuniy kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0