Yaponiya Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishYaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sindzo Abe o‘z maktubida Mirziyoyevni Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan samimiy tabriklagan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2017-yil 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25-yil to‘ldi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"O‘zbekiston mustaqillikka erishgan kundan e’tiboran mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.

Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston TIV rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Yaponiya O‘zbekistonning sinalgan do‘sti va ishonchli hamkoriga aylandi
2015-yil oktabr oyida, Yaponiya Bosh vaziri mamlakatingizga oxirgi tashrifidan 9-yil o‘tib, men Bosh vazir sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edim. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralarimiz g‘oyat samarali bo‘lgan, biz turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi haqida yakdil fikrga kelgan edik.

Mamlakatingizga tashrifim davomida Bosh vazir sifatida menga doimo hamrohlik qilganingiz va yuksak darajadagi mehmonnavozlik uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Shuni mamnuniyat bilan qayd etmoqchimanki, ushbu tashrif O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarga yanada jadal sur’at bag‘ishladi, erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng miqyosli hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilmoqda.

Men nafaqat siyosat va iqtisodiyot borasidagi munosabatlarimizni rivojlantirish, balki turli sohalarda, shu jumladan, madaniyat va ilm-fan sohalarida ham O‘zbekiston bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun bundan buyon ham butun imkoniyatlarimni ishga solishga tayyorman.

Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganiga 25-yil to‘lgani munosabati bilan O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligi yanada rivojlanishiga, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari bundanda kengayishiga ishonch bildiraman.

Siz, Janobi Oliylari bilan "Markaziy Osiyo + Yaponiya" muloqoti doirasida ham faol hamkorlik qilishimizdan umidvorman.

Sizga, Janobi Oliylari, mustahkam sog‘lik, faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga baxt-saodat va farovonlik tilashga ruxsat etgaysiz", — deb yozgan o‘z maktubida Yaponiya Bosh vaziri.

Yangiliklar lentasi
0