O‘zbekiston va Yaponiya orasida charter parvozlari ochiladi

© Gennady Misko"Uzbekiston xavo yullari" aviakompaniyasi samolyoti
Uzbekiston xavo yullari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu parvozlar Yaponiyaning Tokio va boshqa shaharlarini O‘zbekiston tarixiy durdonalari bilan bog‘laydi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Kelasi yil O‘zbekiston va Yaponiya orasida bir qator charter parvozlari ochiladi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi.  

Xabarda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yili “O‘zbekiston Havo yo‘llari” Yaponiya orasida bir necha charter parvozlari amalga oshirilgan va ular Yaponiya va O‘zbekiston kompaniyalari uchun o‘ta muvaffaqiyatli bo‘lgan.

“O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari qinda Tokioda bo‘lib o‘tgan JATA-2016 turistik yarmarkasida ishtirok etishdi. Yarmarka davomida bir qator kelishuvlar, jumladan 2017-yilgi charterlar dasturi haqidagi kelishuvlar imzolashga muvaffaq bo‘lindi. Endi Yaponiyaning Tokio va boshqa shaharlarini O‘zbekistonning mashhur tarixiy durdonalari bilan bog‘lashni rejalashtirganmiz”, — dedi “O‘zbekturizm” vakili.

Eslatib o‘tamiz o‘tgan 2015-yilda O‘zbekistonga 2 mln 35 ming sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2014-yilga qaraganda 5% ko‘p. Sayyohlarning asosiy qismi G‘arbiy Yevropa, Rossiya, Janubiy Koreya va Yaponiya fuqarolari tashkil qildi. Ayni damda O‘zbekistonda chet ellk sayyohlar mamlakatga kirish vizalari olish, yetib kelish  va  sayohat amalga oshirish uchun maxsus tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0