Qo‘yliq bozorida soxta dollar sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga soxta valyuta olib kirilishi boshqa davlatlar hududida faoliyat ko‘rsatuvchi soxta pul tayyorlovchi guruh a’zolari tomonidan amalga oshirilgan

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. MXX xodimlari o‘tkazgan maxsus operatsiya natijasida qo‘shni Qirg‘izistondan olib o‘tilgan soxta valyutani sotishga uringan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonga Turkiyadan yuqori sifatli soxta dollarlarni yetkazib turgan "kanal" yopildi

"Operativ xodimlar bir guruh shaxslar Toshkentda soxta valyutani sotishni rejalashtirgani haqida ma’lumot olishdi. O‘tkazilgan operativ tadbir natijasida Qo‘yliq buyum bozorida 77 dona yuz dollarlik soxta pulni sotishga uringan namanganlik Mahkamjon Saypiddinov qo‘lga olindi", — deb ma’lum qildi MXX matbuot xizmati.

Surishtiruv jarayonida u mazkur soxta pullarni keyinchalik qo‘lga olingan, Namangan viloyatida yashovchi Sardor Ergashevdan olganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonga soxta valyuta olib kirilishi boshqa davlatlar hududida faoliyat ko‘rsatuvchi soxta pul tayyorlovchi guruh a’zolari tomonidan amalga oshirilgan.

Tergov organlari mazkur jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0