Qirg‘izistonga Turkiyadan yuqori sifatli soxta dollarlarni yetkazib turgan "kanal" yopildi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston maxsus xizmati Turkiyadan respublikaga yuqori sifatli soxta dollarlarni yetkazib berib turgan kanalni aniqlab, yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Soxta dollarlar Qirg‘iziston respublikasidagi terrorchilar faoliyatini moliyalashtirish uchun yetkazib berib turilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Firibgarlar O‘zbekiston bozorlarida 80 ming dollar soxta valyutani tarqatib yuborishgan
"Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi terrorchilikka qarshi qaratilgan tadbir davomida terrorni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soxta dollar ishlab chiqargan, ularni tarqatgan jinoiy guruh faoliyatining oldini oldi", — deb xabar qilgan nashrga Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, tergov davomida soxta dollarlar "yuqori texnologiyada" ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘lgan.

Qirg‘iziston maxsus xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatga soxta valyutaning olib kirilishi ishiga Istanbulda yashirinib yurgan qirg‘izistonliklar — Mansur Suvanov va Ilyas Sabirovlar aloqador bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0